Asosiy qismga o‘tish
Sharof Rashidov nomida Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida Rated Contest #6
Yakka tartibda · Reytingli — natija reytingga ta’sir qiladi · Standart: yechilgan masalalar va jarima vaqti
Tugagan

F. Kim kimni ko‘radi?

2000 ball

Bayram tadbiri oldidan N ta o‘quvchi bir qatorga saf tortdi. Chapdan i-o‘quvchining bo‘yi — hᵢ.

Ikki o‘quvchi (i < j) bir-birini ko‘radi, agar ular orasida turgan har bir o‘quvchi ikkalasidan ham baland bo‘lmasa, ya’ni har bir i < k < j uchun h_k ≤ min(hᵢ, hⱼ). Xususan, yonma-yon turgan o‘quvchilar doim bir-birini ko‘radi. Bo‘yi teng o‘quvchi to‘sib qo‘ymaydi.

Sinf rahbari Bobur aka bir-birini ko‘radigan juftliklar nechta ekanini bilmoqchi. Har juftlik bir marta sanaladi.

1-misol: 2- va 6-o‘quvchi bir-birini ko‘radi, 1- va 3-o‘quvchini 2-o‘quvchi to‘sadi
1-misol: 2- va 6-o‘quvchi bir-birini ko‘radi, 1- va 3-o‘quvchini 2-o‘quvchi to‘sadi

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda bitta butun son N — o‘quvchilar soni.

Ikkinchi qatorda N ta butun son h₁, h₂, …, h_N — bo‘ylar (chapdan o‘ngga).

Chiqish ma’lumotlari

Bitta butun son — bir-birini ko‘radigan juftliklar soni.

Cheklovlar

  • 1 ≤ N ≤ 2·10⁵
  • 1 ≤ hᵢ ≤ 10⁹
  • Javob 32 bitli songa sig‘masligi mumkin: C++ da long long ishlating.

Misollar

Kirish
6
2 4 1 2 2 5
Chiqish
9
Kirish
3
7 7 7
Chiqish
3

Tushuntirish

1-misol: yonma-yon juftliklar — 5 ta. Bundan tashqari (2, 4), (2, 5), (2, 6) va (4, 6) juftliklar ham bir-birini ko‘radi — masalan, 2- va 6-o‘quvchi orasidagilar (1, 2, 2) ikkalasidan past. 1- va 3-o‘quvchi esa ko‘rmaydi: orasidagi 2-o‘quvchi (4) ikkalasidan baland. Jami 9.

2-misol: bo‘ylar teng — hamma hammani ko‘radi: 3 juftlik.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 24 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.